Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi komponenti qolmagan. Rasmiylar vaksina yaqin orada olib kelinishini kutmoqda
Ayni vaqtda O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi komponenti qolmagan. Bu esa uning birinchi komponenti bilan emlanganlarda qator savol va xavotirlarni paydo qilmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Kun.uz tahririyatiga bir necha kundan buyon joylarda «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi komponenti qolmagani haqida murojaatlar yetib kelmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, poliklinika va shifoxonalarda emlanuvchilarga vaksina tugagani hamda kutish kerakligi aytilmoqda.
Sayt muxbiri shu kabi savollar yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov bilan bog‘landi. U ayni vaqtda O‘zbekistonda chindan ham «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi komponenti qolmaganini tasdiqladi. Vaksinalar yaqin vaqtlar ichida olib kelinishi kutilmoqda.
«Sputnik V» vaksinasining ikkinchi komponenti oxirgi marta O‘zbekistonga olib kelinganda birinchisidan ko‘ra kamroq edi. Shu sababli o‘rtada biroz farq paydo bo‘ldi. Ammo tez orada uning ikkinchi dozasi olib kelinadi. Bu uzog‘i bilan 5-6 avgustgacha bo‘lishi kerak», dedi u.
«Sputnik V» vaksinasining birinchi va ikkinchi komponenti orasidagi farq shifokorlar tomonidan 21 kun deb tavsiya qilinadi. Xo‘sh, vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilish vaqti kelganlar nima qilishi kerak? Muhammadjon Bozorovning shu mazmundagi savolga javoban aytishicha, aslida, vaksinaning birinchi va ikkinchi komponentlari orasidagi vaqt 6-12 haftagacha ham bo‘lishi mumkin.
«Yurtdoshlarimiz emlashlar orasidagi farqdan qo‘rqishi kerak emas. Aslida vaksinaning birinchi va ikkinchi komponentlari orasidagi vaqt 6-12 hafta ham bo‘lishi mumkin, jadval buzilmaydi», dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rasmiysi.
O‘zbekistonga shu paytgacha jami 12 million 580 ming 60 doza vaksina keltirilgan. Shundan 370 ming dozasi «Sputnik V», 710 ming dozasi AstraZeneca, 8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 va 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir. Avvalroq O‘zbekistonga yana 1,7 mln doza «Sputnik V» vaksinasi keltirilishi kutilayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi
Fan-texnika | 22:37
-
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?
Iqtisodiyot | 22:05
-
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi
Fan-texnika | 21:44
Mavzuga oid

13:30 / 20.12.2021
Tadqiqot: «Sputnik V» omikronni umuman neytrallashtira olmaydi

22:25 / 05.12.2021
Saudiya Arabistoniga “Sputnik V” bilan emlanganlar kirishiga ruxsat beriladi

17:32 / 28.10.2021
Rossiyada koronavirusga qarshi burun orqali olinadigan vaksinalar ishlab chiqilmoqda

02:19 / 03.10.2021