Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoniga “Sputnik V” bilan emlanganlar kirishiga ruxsat beriladi

Foto: Getty Images
Saudiya Arabistoni Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi “Sputnik V” bilan emlangan kishilarga 2022 yil 1 yanvardan o‘z hududiga kirishga ruxsat beradi. Bu haqda vaksinani ishlab chiqishda ishtirok etgan Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni “Sputnik V” bilan emlanganlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan 102-davlat bo‘ldi. Ushbu ruxsat Makka va Madinani ziyorat qilish imkonini berishi mumkin.
Shu bilan birga, vaksina bilan emlanganlar podshohlik hududiga kirgach, 48 soatlik karantindan o‘tishlari va PZR-test topshirishlari kerak bo‘ladi.
Biroq Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasida Saudiya Arabistonidan “Sputnik V” bilan emlangan musulmonlar Haj va Umra ziyoratlariga qo‘yilishi haqida hali rasmiy tasdiq olinmagani ma'lum qilingan.
“Hozircha biz bu haqida faqat Rossiya OAVdagi xabarlarni ko‘rdik. Biz bu borada Saudiya Arabistoni mutasaddi idoralariga so‘rov yubordik. Hozircha ulardan hech qanday izoh yoki tasdiq bo‘lmadi”, deb aytgan boshqarma raisi birinchi o‘rinbosari Rushan Abbyasov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi
Jahon | 07:48
-
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi
Jamiyat | 07:28
-
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi
Jahon | 07:20
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
Mavzuga oid

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025