Huawei Xitoyda yangi HUAWEI P50 smartfonlar seriyasini namoyish etdi

Jamiyat 12:00 / 05.08.2021 18667

Huawei Consumer Business Group kompaniyasi Xitoyda P premium mahsulotlar qatorini to‘ldiruvchi yangi HUAWEI P50 smartfonlar seriyasini namoyish etdi. HUAWEI P50 seriyasi smartfonlari foydalanuvchilarga zamonaviy mobil suratga olish sohasidagi eng ilg‘or imkoniyatlarni taqdim etgan holda, o‘z an'anasini davom ettirmoqda. HUAWEI XD optikasi va XD Fusion Pro Image Engine tasvir protsessori yordamida foydalanuvchilar tasvirlarning aniqligi, keng dinamik diapazon, tasvirlarni qayta ishlashning innovatsion aqlli algoritmlari va True-Chroma Shot texnologiyasi tuzatishlaridan zavq bilan foydalanishlari mumkin.

Asosiy fotokamera o‘ziga xos asl dizaynda ishlab chiqarilgan: to‘rtta obektiv va chaqnagich klassik kameraning obektivlarini eslatuvchi ikkita katta qora doirada joylashgan. Smartfon xilma-xil kundalik ishlarni hal qilishda tezlik va qulaylikni ta'minlaydigan HarmonyOS 2 boshqaruvi ostida ishlaydi.

“HUAWEI P seriyasi har doim bizning mahsulotning yuqori sifati, estetika va mobil fotografiya imkoniyatlarini kengaytirish sari intilishimiz timsoli bo‘lib kelgan. Yangi HUAWEI P50 seriyasi – bu Huawei mobil fotokamerasi innovatsiyalari tarixidagi afsonalarning davomi va yangi davrning ibtidosidir. Bundan tashqari, u mobil fotografiya texnologiyasi, smartfonlar dizayni va funksionalligi paradigmasining o‘zgarishlarini o‘zida namoyish etadi. Smartfonda birinchi marta HUAWEI XD optikasini ishlatish orqali, biz mobil fotografiya olamidagi mavjud imkoniyatlar chegaralarini yanada kengaytirib, bu sohasidagi yangi davrni boshlab berdik”, – dedi Huawei Consumer BG bosh direktori Richard Yu.

Chiroyli dizayn

HUAWEI P50 ceriyali smartfonlar katta ekranlar va katta sig‘imli batareyalar bilan jihozlangan, lekin shunga qaramay, ular yengil va ingichka bo‘lib, qo‘lda ushlab turish uchun juda qulay. HUAWEI P50 Pro liniyasi flagmani qirralari egilgan displeyga va kichik doirachada joylashgan old kameraga ega. Ingichka yon panellar vizual kontentni tomosha qilishda to‘liq tomoshaga sho‘ng‘ib ketishga yordam beradi. Ranglarning 1,07 milliard tusini o‘z ichiga olgan 100 foizlik P3 ranglar palitrasi rangni aniq va tabiiy uzatilishini kafolatlaydi. Kadrlarning 120 Gs gacha bo‘lgan yangilanish tezligi va sensorning 300 Gs diskretlanish tezligi harakatli sahnalarning bir tekis ijro etilishini va barmoq bilan teginishga nisbatan tezkor reaksiyani ta'minlaydi. HUAWEI P50 Pro va HUAWEI P50 modellari chang va namlikdan himoyalanganlikni tasdiqlovchi IP68 standartiga muvofiq sertifikatlangan. Ikkala smartfon ham ikkitalik stereodinamikaga ega.

Huawei mobil fotografiyaning yangi davrini boshlab berdi

Ikkita matritsali fotokamera keng dinamik diapazondagi yuqori aniqlikdagi real tasvirlarni suratga oladi. Bir nechta obektiv, 10 kanalli multispektral datchik, HUAWEI XD optikasi, XD Fusion Pro Image Engine tasvir protsessori va boshqa innovatsion texnologiyalarning imkoniyatlarini o‘zida birlashtirgan Dual-Matrix Camera tizimi ixcham o‘lchamlarda suratga olish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi.

HUAWEI XD'ning yangi optikasi tasvirning yuqori sifatini ta'minlaydi. Birinchi marta optik vizualizatsiya tizimi hisoblash imkoniyatlari bilan birlashtirilib, mayda detallarni ijro etishdagi buzilishlarni tuzata oladigan, sohadagi ilk tasvirni to‘laqonli tuzatish tizimini yaratdi. Bu yechim rasmda mavjud ma'lumotlarni 25 foizgacha tiklash imkonini beradi.

XD Fusion Pro Image Engine tasvir protsessori birinchi marta HUAWEI P40 seriyali smartfonlarida taqdim etilib, unga yuqori aniqlikdagi tasvirlarni olish imkonini beradi. HUAWEI P50 seriyasi tasvir detallarini yuqori aniqlikda ko‘rsatish va tasvirlarning rang uzatmasini yaxshilash uchun Super Color Filter System filtrlar tizimi, True-Chroma Image Engine protsessori va Super HDR texnologiyasini o‘z ichiga olgan mukammallashtirilgan XD Fusion Pro texnologiyasi bilan ta'minlangan.

Haqiqiy sifatli fotosuratlar

HUAWEI P50 seriyali smartfonlar foydalanuvchilar uchun mobil fotografiyaning yangi darajasini ochib beradi. 200 karrali kattalashtirish uzoq masofadagi obektlarni suratga olish imkonini beradi. Yirik planlar detallarni yuqori aniqlikda olishga, teleobektiv esa 100 karragacha yaqinlashtirish diapazonida aniq tasvirlarni olishga imkon beradi. 13 millimetrli ekvivalent fokus masofasiga ega bo‘lgan ultra keng burchakli obektiv manzaralarni, ko‘plab odamlar guruhlarini suratga olish imkonini beradi va 2,5 sm masofadan makro suratga olishni qo‘llab-quvvatlaydi.

True-Chroma Image Engine texnologiyasi ranglarni uzatishdagi maksimal aniqlikni ta'minlaydi va inson ko‘zi qabul qiladigani bilan bir xil tasvirlarni yaratadi. Atrofdagi yorug‘likni tahlil qilish tizimi P3 rang gammasidagi 2000 dan ortiq tusda sozlangan 10 kanalli multispektral datchikdan foydalanadi. Bu atrofdagi yorug‘lik yorqinligini aniqlash aniqligini 50 foizga va rang tusi aniqligini 20 foizga oshiradi. Bu esa, kameraga hatto murakkab yorug‘lik sharoitlarida ham ranglarni aniq olish imkonini beradi.

HUAWEI P50 Pro fotokamerasi yangi Super Color Filter System rang filtrlari tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u asosiy kamera matritsasi qabul qilgan yorug‘lik oqimini 103 foizga oshiradi. Bu yetarlicha yorug‘ bo‘lmagan muhitda tasvirlarning nisbatan yorqinroq va mayda detallar bilan olinishiga imkon beradi. Super HDR texnologiyasi matritsaning dinamik diapazonini 28 foizga kengaytiradi va bu bilan orqa tomon yorug‘ bo‘lgan sharoitda ham yuqori sifatli tasvirlarni olish imkonini beradi.

HUAWEI P50 seriyasi smartfonlari butun fokus masofasi diapazonida 4K formatidagi videolarni yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. AIS Pro tasvirni barqarorlashtirishning yangi yechimi, hatto taymlaps suratga olish rejimida ham, shtativni qo‘llamasdan aniq videoroliklarni suratga olish imkonini beradi. Aqlli «sinemagraf» rejimi ijodiy roliklar yaratish uchun juda mos keladi. Tasvirga olgandan so‘ng foydalanuvchilar shunchaki galereyadagi «Tahrirlash» tugmasini bosish orqali videoni PetalClip ilovasiga import qilishlari mumkin.

5 nm texnologik jarayoni bo‘yicha yaratilgan yetakchi Kirin 9000 va Snapdragon 888 4G protsessorlari tufayli HUAWEI P50 seriyasi smartfonlari yuqori samaradorlikka ega.

HarmonyOS 2 asosida ishlaydi

HarmonyOS 2 foydalanishga topshirilganidan beri uni 40 milliondan ortiq foydalanuvchi o‘rnatgan. HarmonyOS 2'ga asoslangan HUAWEI P50 mutlaqo yangi ekranga ega bo‘ldi: endi u ancha qulayroq va foydalanuvchining xohishiga ko‘ra sozlanishi mumkin.

HarmonyOS 2 sezilarli darajada yaxshilangan bir tekis ishlash tizimini ta'minlaydi. Hatto uzoq vaqt ishlatilgandan keyin ham HarmonyOS 2 asosida ishlaydigan qurilmalardagi o‘qish va yozish tezligi pasaymaydi. Shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligiga alohida e'tibor qaratilgan: HarmonyOS 2 har bir qurilmadagi fayllarga kirishni nazorat qilish imkonini beradi va bu bilan zararli dasturlardan himoyalangan, xavfsiz va erkin muhit yaratadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: