Urganchda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan o‘quvchilarning qariyb 50 foizida turli kasalliklar aniqlangan

O‘zbekiston 14:01 / 04.08.2021 2458

Hisobotga ko‘ra, Urganch shahar Tibbiyot birlashmasi tarkibida: 3 ta oilaviy poliklinika va 1 ta filial, 1 ta markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika va 165 o‘ringa mo‘ljallangan shahar shifoxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tibbiyot xodimlari soni 1015 nafar bo‘lib, shulardan 249 nafari shifokor, 578 nafari hamshira.

6 oy davomida 80 854 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va 28 633 nafar (36,5 foiz) bemor aniqlangan. Shundan 1-18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar 12 279 nafarni, 18 yoshdan katta bemorlar 16 354 nafarni tashkil qiladi. 

6 oy mobaynida 18 yoshgacha bo‘lganlar orasida 22 ta o‘lim qayd etilgan. O‘lim sabablari sifatida nafas buzilish sindromi (12), tug‘ma anomaliya (1), homila distressi (1), tug‘ma pnevmoniya (1), aplastik anemiya (1), Xojkin limfomasi (1), bosh miya og‘ir jarohati (2), surunkali glomerulonefrit (1), mukovissidoz (1), mexanik asfiksiya (1) ko‘rsatilgan.

Urganch shahrida 6 oy davomida 29 ta maktab va 33 ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 10 793 nafar o‘quvchi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shulardan 5 154 nafari (47,7 foiz) kasal deb topilib, sog‘lomlashtirish uchun ambulatoriya, shifoxonalar va sanatoriyalarga yo‘naltirilgan.

Xorijiy davlatlarda bo‘lgan 601 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, 205 nafarida turli yengil turdagi terapevtik kasalliklar, 1 nafarida VICh va 3 nafarida sil kasalligi aniqlangan.

1264 nafar nikohlanuvchi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ularning 7 nafarida ruhiy, 1 nafarida OITS, 2 nafarida sil kasalligi aniqlangan.

Oilaviy poliklinikalarning 6 oylik hisobotiga ko‘ra sil kasalligi bilan 38 nafar bemor dispanser nazoratida turibdi, shularning 7 nafari bolalar. 287 bemor OITS kasalligi hisobida bo‘lib, shundan 12 nafari bolalar.

Ko‘proq yangiliklar: