ATTO kartalari bilan yo‘l haqi endi yanada arzon

Jamiyat 12:00 / 04.08.2021 7935

ATTO kompaniyasi jamoat transporti kartasidan foydalanadiganlar uchun aksiya boshladi. Aksiya doirasida 1 avgustdan 30 sentyabrga qadar ATTO kartasi orqali to‘lovni amalga oshirishda yo‘lovchilar Toshkentdagi avtobuslarda yurish uchun belgilangan 1400 so‘m o‘rniga 1300 so‘m to‘lashadi. Endi ATTO kartalari qulaylik bilan birga mablag‘ingizni tejab qolish imkonini ham beradi. Shuningdek, kompaniya transport kartalari egalariga poytaxtning bir qator yo‘nalishli taksilarida chegirmalar berilishini ma'lum qildi.

Aksiyaning dastlabki uch kunida 102 548 nafar yo‘lovchi yo‘l haqi uchun ATTO kartasi orqali chegirma asosida to‘lov qilib, jami 10 254 800 so‘m mablag‘ni tejab qoldi. Hafta davomida ushbu raqam yanada o‘sishi kutilmoqda.

ATTO'ni qayerdan olamiz?

Ko‘pchilik jamoat transporti kartalari hisobini to‘ldirish haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lmagani tufayli an'anaviy to‘lovni afzal ko‘radi. Aslida, hammasi juda oddiy. ATTO kartalarini «Toshyo‘lovchitransxizmat» UK savdo shoxobchalari va metro kassalaridan xarid qilish mumkin. Transport kartasi hisobini ATTO, MyUzcard, Payme, Click, Upay, Apelsin va boshqa to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali, shuningdek, karta sotiladigan joylarda to‘ldirish mumkin. ATTO ma'lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar 350 mingga yaqin transport kartalari, shu jumladan, tarif kartalari sotilgan.

Ushbu kartalar qulaylik yaratish bilan birga vaqtingizni ham tejaydi, ayniqsa, kunning tig‘iz vaqtlarida metro bekatlarida chipta uchun navbatda turmaysiz, avtobusdan shoshib tushayotganda konduktorning qaytim qaytarishini kutmaysiz. Kartani validatorga tekkizib, tushib ketaverasiz.

Ma'lumot uchun, yaqinda Guliston shahrida ham yo‘l haqi uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishga tushgan bo‘lib,  bu yerda ham yuqoridagi kabi aksiyalar o‘tkaziladi.

ATTO ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram: t.me/attouz

Facebook: fb.com/atto.uz

Instagram: @atto_uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: