Dastlab o‘zining dugonasidan, so‘ngra internet orqali kashtachi hunarmandlar tomonidan mahsulot tayyorlash jarayoni haqidagi videoroliklar orqali kashtachilik sirlarini o‘rgangan. Kelgusida bu kasbi orqali katta daromad olishni rejalashtirgan.
Nargiza Yulchiyeva matoga turli ranglardagi tabiat va manzarali rasmlarni tasvirini tushiradi. Buning uchun kanva matosi, mulina, gamma, kirova, DMS iplaridan foydalaniladi. Eng oddiy shakldagi rasmlarni tayyorlash uchun ikki xaftadan bir oygacha bo‘lgan vaqt talab etiladi.
«Bitta mahsulotni tayyorlash uchun tasvirni murakkabligiga qarab ikki xaftadan 75 kungacha bo‘lgan vaqt sarflayman. Avvalo tayyorlanadigan tasvir uchun kanva matosini olib, uni kerakli hajmga moslab olinadi. Iplarni gamma va DMS nomli turlaridan foydalanaman. Kashtachilik bilan shug‘ullanish uchun sabrli bo‘lish talab etiladi. Hozirda O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, madaniy va tarixiy obidalar, masjidlar va milliy an'analarmizni tasvirini yaratmoqchiman», — deydi hunarmand Nargiza Yulchiyeva.
Kelgusida shogirdlar tayyorlash, ularga kashtachilik sirlarini o‘rgatishni rejalashtirgan. 2021 yilning sentyabr-oktyabr oylarida hunarmandlar markazi hisoblangan Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan 2-xalqaro hunarmandlar festivalida ham o‘z mahsulotlari bilan qatnashishni niyat qilgan.
Shuhrat Yunusov, Kun.uz muxbiri.