Surxondaryoda fuqaroni 600 dollar evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘g‘atildi

Jamiyat 13:20 / 03.08.2021 2457

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqaroni 600 AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘g‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 iyul kuni, Termiz tumani Gulbahor mahallasida yashovchi X.Ozoda viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida, tanishi, tumanning Navro‘z mahallasida yashovchi S.Ma'ruf «O‘zbekistontemiryo‘llari» AJda ishlovchi tanishlari orqali 600 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishini aytib, ushbu pullarni berishini talab qilayotganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan 16 iyul kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida S.Ma'ruf Termiz shahar Alpomish mahallasi hududida X.Ozodadan 600 dollar hisobidan 1 million so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'kidlanishicha, joriy yil 25 iyul kuni S.Ma'rufga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: