Ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimi ixtiyoriy joriy etiladi

O‘zbekiston 08:24 / 03.08.2021 1748

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan ichimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga (tara) depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq:

  • mahsulotlarni depozitli tarada ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchilar, ulgurji va chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari, depozitli tarada qadoqlangan mahsulot iste'molchilari, depozitli taralarni yig‘ish punktlari, shuningdek, depozit tizimi operatorlari depozit tizimi ishtirokchilari hisoblanadi;
  • depozit tizimini joriy etgan tashabbuskor tomonidan sotuvga chiqariladigan har bir mahsulot birligining tarasiga iste'molchi uchun depozit to‘lovi to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘z ichiga olgan depozit markirovkasi tushiriladi;
  • depozit tizimi tashabbuskorlari depozit to‘lovi miqdori va depozitli tara aylanmasi usullarini mustaqil belgilaydilar;
  • depozit to‘lovi depozitli tarada mahsulot realizatsiya qilinganida iste'molchidan qo‘shimcha tarzda undiriladi va depozitli tara belgilangan tartibda qaytarib topshirilganida, uni topshiruvchisiga qaytarib beriladi.
Ko‘proq yangiliklar: