O‘zbekiston harbiylari qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Tojikistonga yetib bordi

O‘zbekiston 09:54 / 02.08.2021 11548

O‘zbekiston harbiy kontingenti Termizdan Xatlondagi «Harbmaydon» poligoniga qadar bo‘lgan 200 km masofani bosib o‘tib, o‘z harbiy texnikasida marshni amalga oshirdi.

Tojikistonga qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun 200dan ortiq o‘zbek harbiylari keldi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatining kuch blokidagi o‘z manbasiga tayangan holda.

O‘zbek askarlari va zobitlari 5-10 avgust kunlari Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi poligonda o‘tkaziladigan Tojikiston, Rossiya va O‘zbekiston qurolli kuchlari bo‘linmalarining qo‘shma mashg‘ulotlarida qatnashadi.

O‘zbekiston, shuningdek, Tojikistondagi «Harbmaydon» poligoniga 20dan ortiq harbiy texnika yubordi.

Tojikiston, Rossiya va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mashqlarda Afg‘onistondan jinoiy to‘dalarning Tojikiston hududiga kirib kelishi ehtimoli bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni ishlab chiqadi.

Mashqlarga aviatsiya, artilleriya, zirhli mashinalar, uch davlatning 2 mingdan ortiq askar va zobitlari jalb qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: