Xitoyda koronavirus avj olishi sababli millionlab odamlar tekshirilmoqda

Jahon 20:22 / 01.08.2021 9300

Channel News Asia telekanalining xabar berishicha, aeroport bilan bog‘liq kasallanish holatlari Xitoyning 10dan ko‘proq provinsiyasi va 20ta shahrida qayd qilingan. 1 avgustning o‘zida 75ta kasallanish holati qayd etilgan. Mutaxassislar virus yuqtirish holatlarining ko‘payishini “delta” shtammi tarqalishi bilan bog‘lashmoqda.

Hukumat 9,3 mlnlik Nankinda aholidan virusga test olishni boshlagan. Shuningdek, yuz minglab fuqarolar ihotalangan. Bundan tashqari, sayyohlar orasida ommalashgan Chjanszyatsze shahrining 1,5 mlnlik aholisi uchun o‘zini yakkalash rejimi kiritilgan va mahalliy diqqatga sazovor joylarga kirish yopilgan.

Shuningdek, Xaynan, Shandun provinsiyalari va Ninsya-Xuey muxtor tumanida hamda Chjenchjou shahrida (Xenan provinsiyasi) ham yangi kasallanish holatlari qayd etilgan. Chjenchjouda 27ta kasallanish holati aniqlangandan keyin mahalliy ma'muriyat shaharning barcha aholisi – 10 mlndan ko‘proq odamni koronavirusga tekshirishni buyurgan.

Shu bilan birga, virus tarqalishi o‘choqlarida emlangan kishilar ham koronavirusga chalinayotgani haqida ma'lumotlar olinmoqda. Hokimiyat qayd qilingan holatlar me'yorda ekanini aytgan va aholini emlanishni hamda cheklovlarga amal qilishni davom ettirishga chaqirgan.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasida ta'kidlanishicha, mamlakatda 30 iyulga kelib 1,6 mlrddan ko‘proq vaksina qo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: