Sadbarxon Mamitova 1966 yil Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 1982-1986 yillarda Namangan qishloq xo‘jaligi texnikumida o‘qigan, 1993 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Mamitova Jalaquduq tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2007-08 yillarda tuman hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2019-2020 yillarda «Yuksalish» umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yil dekabrdagi saylovlarda xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga deputat etib saylangan.
2020 yil 4 mart kunidan hozirgacha Bo‘ston tumani hokimi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.