Jamiyat | 10:57 / 19.01.2025
7942
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda mashina boshqargan o‘quvchi odam o‘limiga sabab bo‘ldi

Hodisa yuzasidan o‘quvchi ta’lim olgan 5-maktabda viloyat IIB YHXB boshlig‘i ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Foto: Videodan kadr

Samarqand shahrida voyaga yetmagan bola mashina boshqarib inson umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahridagi 5-maktabning 10-sinf o‘quvchisi uyda turgan mashinani o‘zboshimchalik bilan minib chiqib piyodani urib yuborgan.

Hodisa shaharning Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Mavzuga oid