Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi
Shifokorlar chaqaloqni ko‘rikdan o‘tkazib, uning tug‘ilganiga bir soat bo‘lganini aytishgan.
Toshkent shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 15 yanvar kuni tonggi soat 7:30 larda ko‘cha chetida turgan sumka Yangihayot tumani Zarbdor mahallasida yashovchi fuqaroning diqqatini tortgan.
Dastlab sumka harakatlana boshlagan. So‘ng uning ichidan bolaning yig‘isi eshitilgan. Fuqaro borib sumkaga qaraganda uning ichida chaqaloq borligini ko‘rgan.
“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, fuqaro darhol 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Voqea joyiga yetib borgan xodimlar chaqaloqni tekshirib ko‘rgan va shifoxonaga olib borgan. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Tez tibbiy yordam shifokorining aytishicha, chaqaloqning tug‘ilganiga taxminan bir soat bo‘lgan. Uning kindigi ham noodatiy usulda kesilgan. Hozirda chaqaloqning holati barqaror.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:07 / 03.03.2025
Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan chaqaloq qutqarildi

11:23 / 09.02.2025
Samarqanddagi chiqindixonada chala tug‘ilgan chaqaloq o‘ligi topildi

14:20 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi

15:43 / 20.01.2025