Yunusobod tumani FHDYo bo‘limida elektr energiyasi ta'minotidagi uzilish sababi ma'lum qilindi

Jamiyat 18:06 / 30.07.2021 4669

Yunusobod tumanidagi FHDYo bo‘limida elektr energiyasi ta'minotidan o‘chirilgani yuzasidan qayta o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma'lum qildi.

Yunusobod tumanidagi FHDYo bo‘limi hamda “Shodlik” nikoh uyi Yunusobod tumani elektr ta'minoti korxonasi tomonidan bitta hisob raqam orqali yuritiladi. Aniqlanishicha, Yunusobod tumani FHDYo bo‘limi binosida 28 iyul kuni 1 soatga elektr energiyasi ta'minotida uzilish kuzatilgan bo‘lib, ushbu kun holatiga Yunusobod tumani FHDYo bo‘limi hamda “Shodlik” nikoh uyi tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun jami 1.354.314 so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lgan. Qolgan 2.700.000 so‘m avgust oyi uchun oldindan to‘lov summasi bo‘lgan.

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 19 iyul kuni tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan shartnomada qayd etilgan hisob raqamga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarzdorlikni oldindan to‘lab (1 yillik to‘lovni) qo‘yish maqsadida avtomatlashgan elektron tizimga to‘lov miqdori kiritilgan. Biroq, elektr ta'minoti korxonasi tomonidan taqdim etilgan shartnomada hisob raqami tipografiya jarayonida xato qayd etilgan.

Natijada, boshqarma tomonidan oldindan to‘lanuvchi pul miqdori tizimda hisob raqam xato sifatida g‘aznachilikdan qaytarilgan.

Buning oqibatida, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan to‘lov o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan va shartnomadagi mavjud xatolikni bartaraf etish yuzasidan tuman elektr ta'minoti korxonasi bilan qo‘shimcha shartnoma tuzilib, pul o‘tkazilishi lozim bo‘lgan hisob raqamdagi xatolik bartaraf etilgandan so‘ng oldindan to‘lov (shartnomaga asosan) yil yakuniga qadar o‘tkazilgan. Tuman FHDYo binosida ham elektron hisoblagich o‘rnatilganligi va ushbu qurilma billing tizimida ishlashi bois elektr energiyasi ta'minotidan avtomatik ravishda tarmoqdan ajratilgan.

 
Ko‘proq yangiliklar: