Samarqand viloyati Ishtixon tumanida «Damas» mashinasi piyodani urib yuborgan. Oqibatda 46 yoshli shaxs olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli kasalxonaga olib borishda, yo‘lda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 27 iyul kuni Ishtixon tumanining «Orlot» MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. «Damas» mashinasi 46 yoshli piyodani urib yuborgan. Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga olib borish jarayonida, yo‘lda vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan Ishtixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda. Shuningdek, «Orlot» MFYda mazkur yo‘l-transport hodisasiga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirok etgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari, mahalla ahli va keng jamoatchilik vakillari, bugun yo‘llardagi ko‘ngilsiz holatlarga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlashgan.