Bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining turli hududlarida kuchli shamol esib, qum bo‘roni bo‘layotgani tasvirlangan videolavhalar tarqalmoqda.
Jumladan, Kun.uz mobil muxbirining ma'lum qilishicha, ayni damda viloyat markazi Qarshi shahrida kuchli shamol esib, qum bo‘roni bo‘lyapti. Shamol tufayli elektr energiyasi ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Shaharning aksariyat ko‘chalarida svetoforlar ishlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 27 iyul kuni O‘zbekistonda shamol tezligi 25-30 metr/sekundgacha yetishini va mamlakat bo‘ylab changli bo‘ron sodir bo‘lishini xabar qilgandi.