Qashqadaryo va Surxondaryoning chekka hududlarida yashovchi, ichimlik suv muammo bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirish uchun Xitoydan keltirilgan 43ta suv tashiydigan maxsus mashina berilgan. Bu haqda «O‘zsuvta'minot» AJ xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, toza ichimlik suv muammo bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirish uchun «O‘zsuvta'minot» AJ Xitoy Xalq Respublikasidan 80ta toza ichimlik suv tashuvchi maxsus avtotransport vositalarini olib kelgan.
Qayd etilishicha, vohadagi aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashdagi murakkabliklar va sharoit inobatga olinib, ushbu maxsus texnikalarning 25tasi Surxondaryo viloyatiga yetkazilgan. Yana 18tasi Qashqadaryo viloyatiga yetkazib beriladi. Qolganlari ham boshqa viloyatlar o‘rtasida taqsimlanadi.