Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, dunyoning 110 davlatidan 623 nafar o‘quvchi qatnashgan 62-Xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini ko‘lga kiritdi.
Diyorbek Tolipov – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 5-ixtisoslashgan matematika maktabi o‘quvchisi kumush medal;
Olimjon Olimov – Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi bronza medal.
Ma'lumot uchun, o‘zbekistonlik o‘quvchilar ushbu olimpiadada so‘nggi bor 2017 yilda kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Dunyoning 76 davlatidan 304 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida esa O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini ko‘lga kiritdi.
Norbekov Humoyun – Jizzax davlat pedagoga universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi oltin medal;
Abduvaliyeva Aziza – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi oltin medal;
Turdiboyev Yorqinbek – Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-ixtisoslashgan kimyo-biologiya maktabi o‘quvchisi kumush medal.
Dunyoning 73 davlatidan 365 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi 1 ta bronza medalini ko‘lga kiritdi.
Rail Xashayev – Toshkent shahri 71-maktab o‘quvchisi bronza medal. O‘zbekiston tarixida fizika xalqaro olimpiadasidagi ikkinchi medal 71-maktab o‘quvchisining ilk medali.
Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka ko‘ra, xalqaro olimpiadalarning medal sohiblari oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilinadi.
Ularga shuningdek, quyidagi miqdorda pul mukofotlari ham berilishi ko‘zda tutilgan:
- oltin medal sohibiga 122 mln. so‘m, o‘qituvchisiga 110 mln. so‘m;
- kumush medal sohibiga 73 mln. so‘m, o‘qituvchisiga 61 mln. so‘m;
- bronza medal sohibiga 49 mln. so‘m, o‘qituvchisiga 36 mln. so‘m.
Xalqaro olimpiada g‘oliblari va ularning murabbiylarini taqdirlash, barcha xalqaro olimpiadalarning natijalaridan kelib chiqib, mustaqillik kuni arafasida avgust oyida o‘tkaziladi.