Samarqandlik qarzdor ota farzandlari uchun 80 million so‘m aliment to‘ladi

Jamiyat 15:59 / 23.07.2021 1009

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 15 avgustdagi qarori bilan fuqaro J.N.dan undiruvchi N.I.ga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minoti uchun daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Qaror bo‘yicha MIB Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash muhimligi inobatga olinib, MIB xodimlari tomonidan qarzdor J.N. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va farzandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandi ta'minotini o‘ylab, u voyaga yetgunga qadar bo‘lgan qarzini hisoblab, aliment uchun 80 million so‘mni undiruvchi N.I.ga to‘lab bergan. Tomonlar roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: