Yangiyo‘l tumani kadastr boshlig‘iga 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi

Jamiyat 21:56 / 22.07.2021 8723

Dastlab pora bilan ushlangani aytilgan kadastr tizimi mas'uli S.J.ning harakatlari dastlabki tergov va sudda firibgarlik sifatida, ya'ni JK 168-moddasi 3-qismining “v” bandi bilan malakalangan.

Toshkent viloyat sudi axborot xizmatiga asoslanib, Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudining 2021 yil 26 apreldagi hukmi bilan S.J.ga 1 yil muddatga Kadastr agentligi tizimida mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ushbu mansabdor pora bilan ushlangani haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti shu yil 11 mart kuni ma'lum qilgandi.

Kun.uz avvalroq Chilonzorda 1 gektar yerni 1,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar 8 yilga “kesilgani”, Bekobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari 3,5 yilga qamalgani, Buxoro viloyat DSENB boshlig‘i 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgani va Andijon viloyati hokimligining ikki xodimi 10,5 yilga qamalgani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: