Samarqandda internet orqali qimor o‘ynashga berilgan yigit o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Jamiyat 11:39 / 22.07.2021 3712

Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi yigit internet orqali o‘ynaladigan qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga berilib ketish ortidan o‘g‘irlikka qo‘l urgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Urgut tumani Qoratepa MFYda yashovchi 18 yoshli yigit internet orqali qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga berilish ortidan o‘g‘irlikka qo‘l urgan. U iyul oyida Samarqand shahrida qarovsiz qoldirilgan «Damas» mashinasidan 1700 AQSh dollarini, yana bir mashinadan 2,5 million so‘m miqdordagi pullarni o‘g‘irlab, ularni internet orqali qimor o‘yinlari o‘ynab, sarflab yuborgan.

Qayd etilishicha, Samarqand shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, unga nisbatan qamoqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: