Qashqadaryo viloyati hokimligining 45 yoshli xodimi Ilhom Arslanov vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
«Qashqadaryo viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari Arslonov Ilhomjon Qurbonovich 22 iyul kuni 45 yoshida vafot etdi», deyiladi xabarda.
Ma'lum bo‘lishicha, Arslonovning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
Bundan avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov 51 yoshida o‘z uyida o‘tkir yurak miokard infarktidan vafot etgani xabar qilingandi.