Toshkent shahrida – 170771ta, Toshkent viloyatida – 217341ta, Jizzax viloyatida – 39071ta, Buxoro viloyatida – 43445ta, Samarqand viloyatida – 113269ta, Qashqadaryo viloyatida – 82273ta, Surxondaryo viloyatida – 58977ta, Xorazm viloyatida – 30830ta, Sirdaryo viloyatida – 51479ta, Farg‘ona viloyatida – 162316ta, Navoiy viloyatida – 23032ta, Andijon viloyatida – 56812ta, Namangan viloyatida – 82281ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 31130ta holatda fuqarolar karantin qoidalarini buzishgan. Bu karantin tadbirlari boshlangan 2020 yil 16 martdan buyon 2021 yil 18 iyulgacha bo‘lgan raqamlardir.
Qonunbuzarlik holatlarining 868 687tasi ichki ishlar organlari, 274 152tasi Milliy gvardiya, 20 183tasi hozirgi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, 5tasi boshqa organ tomonidan aniqlangan. Huquqbuzarlarning 1 mln 53 ming 397 nafari erkak, 109 ming 630 nafari esa ayollardir.
Karantin qoidalarini buzganlarning 490 nafari Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasi (Sanitariya qonunchilikni buzish), 1 139 872 nafari 54-moddaning 1-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish), 22338 nafari 54-moddaning 2-qismi, 7 nafari 462-modda (Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 320 nafari boshqa moddalar bilan javobgarlikka tortilgan.
Ushbu shaxslarning 993038 nafari jarimaga tortilgan, 2791 nafariga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan, 181106 nafari esa karantin qoidalarini buzmaslik haqida rasmiy ogohlantirilgan.
Koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani ortidan O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirilgan. Joylarda ichki ishlar organlari tomonidan «Karantin-reyd» tadbirlari o‘tkazilib, karantin qoidalari va cheklovlariga amal qilmayotgan jismoniy va yuridik shaxslar javobgarlikka tortilmoqda.