Sizda quloqchinlar haqida ozmi-ko‘pmi tushuncha paydo bo‘lishi uchun LG TONE Free foydalanuvchilarini sotuvga chiqarilgan vaqtdan boshlab xursand etib kelayotgan Meridian texnologiyasidan boshlaymiz.
Demak, Meridian Audio – bu 1977 yilda asos solingan Britaniyaning akustika tizimi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. Kompaniya ichki kuchaytirgichli raqamli faol dinamika va raqamli signallarni qayta ishlash uchun mikroprotsessorni ishlab chiqaradi. LG'ning Meridian Audio bilan hamkorligi natijasida ko‘plab audiomahsulotlar, shu jumladan, saundbarlar, XBOOM kolonkalari va biz bugun suhbatlashadigan simsiz TONE Free quloqchinlari yaratildi.
Meridian texnologiyasi tufayli, quloqchinlar qayerda turganingizdan qat'iy nazar tiniq bosimli tovush bilan ta'minlaydi. Ovozning mukammal sifati signalning raqamli qayta ishlanishi (DSP) natijasida paydo bo‘ladi. Meridian tomonidan 25 yildan ortiq vaqt davomida takomillashtirib kelinayotgan DSP texnologiyasi chinakam kolonkalar ovozini eslatuvchi real ovoz muhitini yaratadi hamda tinglovchilarga musiqa asarlarini toza tovushi bilan mavjudlik ta'sirini his etishlariga imkon beradi.
Agarda barcha quloqchin modellari taqdim etayotgan tovushlari haqida oz-moz bo‘lsa-da tushunarli bo‘lgan bo‘lsa, eng mashhur modellardan biri bo‘lgan FN6 afzalliklari bilan tanishishga o‘tamiz.
Shahar sharoitlarida sifatli ovoz bilan bir qatorda xavfsizlik ham juda muhim bo‘lgani uchun TONE Free FN6 quloqchinlarida atrof-muhit tovushining xavfsiz rejimi mavjud bo‘lib, u zaruriyat tug‘ilganida, jumladan, yo‘lni kesib o‘tayotganda yon-atrofdagi ovozni to‘laqonli eshitishga yordam beradi. Agar rejim o‘chiq bo‘lsa, quloqdagi fiksatsiya siz hattoki, gavjum kafe yoki odamlar bilan to‘la avtobusda bo‘lsangiz ham tashqi shovqin-suronni to‘sadigan sifatli muhitni hosil qiladi.
Afzalliklari haqida so‘zlar ekanmiz, avtonom ish haqida gapirmaslikning iloji yo‘q. TONE Free FN6 musiqani 18 soatgacha to‘xtovsiz yangratishi mumkin. Agarda sizning uzoq quvvatlashga vaqtingiz bo‘lmasa, siz ularni besh daqiqada bir soat tinglash uchun quvvatlashingiz mumkin.
Quloqchinlarning yana bir xususiyati – hattoki, uzoq vaqt foydalanilganda ham quloqlarni ishqalamaydigan notoksik, gipoallergenli tibbiy silikondan yasalgan yumshoq quloq yostiqchalaridir.
Quloqchinlarning o‘ziga xos xususiyatlarini sanab chiqayotgan vaqtimiz hozirgi kundagi eng dolzarb funksiyalardan biri – bakteriyalardan tozalash haqida ham aytib o‘tish zarur. Quloqchinlar to‘plamiga quloqchinlar quvvatlanayotgan vaqti ultrabinafsha bilan bakteriyalarni 99,9 foizga yo‘q qiladigan UVnano texnologiyasiga ega maxsus zaryadlash keysi ham kiradi.
LG TONE Free FN6 quloqchinini xarid qila turib, siz Meridian tiniq ovozini va har bir harakatda foydalanish qulayligini ham sotib olasiz.
Sayt: lgblog.uz
Instagram: @lguzbekistan
Reklama huquqi asosida