Fuqarolik masalasidagi muammolari Kun.uz’da yoritilgan qashqadaryolik ayol O‘zbekiston fuqaroligini oldi

Jamiyat 17:33 / 21.07.2021 4662

2021 yil 14 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga o‘zgartish kiritilib, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashab kelgan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, uni O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi joriy etilishi natijasida 1992 yildan beri O‘zbekistonda yashab kelayotgan Intizor Mamadaliyevaga O‘zbekiston fuqaroligi berildi.

Intizor Mamadaliyeva O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinib, 14 iyul kuni uning nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Kun.uz’da e'lon qilingan maqolada Intizor Mamadaliyeva sud hukmi bilan fuqarolik pasportini noqonuniy tarzda qo‘lga kiritgan, deb topilib, mantiqsiz tarzda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga deportatsiya qilish belgilangani tanqid qilingan edi. Shundan so‘ng, hukm qayta ko‘rib chiqilib, uning deportatsiyaga oid qismi bekor qilingan

Ko‘proq yangiliklar: