Tolyattidagi yotoqxonada 20dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi zaharlandi 

Jamiyat 13:00 / 20.07.2021 7611

Prokuratura Tolyatti shahridagi (Samara oblasti) yotoqxonada 23 nafar o‘zbekistonlik fuqaroning zaharlanishi holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda “Interfaks” mintaqa prokuraturasiga tayangan holda xabar berdi.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 20 iyulga o‘tar kechasi Tolyatti shahridagi yotoqxonada yashovchi 23 nafar chet el fuqarosi orasida ommaviy kasallanish qayd etilgan. Natijada, zaharlanish alomatlari bilan 13 kishi Tolyatti shahar 5-sonli klinik kasalxonasiga yotqizilgan, ularning ahvoli qoniqarli", dedi agentlik suhbatdoshi.

U Tupikoviy ko‘chasidagi yotoqxonada O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar fuqarolari istiqomat qilishini ta'kidladi. 

Tekshiruv davomida Tolyatti markaziy tumani prokurori Ramis Sabirzyanov chet el fuqarolariga ularning turar joyi va ovqatlanishini tashkil qilishda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatning qonuniyligini baholashi aytiladi. 

Tolyatti shahar ma'muriyati “Interfaks”ga kasalxonaga yotqizish paytida bir nafar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lganligini ma'lum qilgan. 

“13 kishi yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizildi. 20 iyul kuni ertalab barcha qabul qilingan bemorlarning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda edi”, dedi agentlik suhbatdoshi.

Ko‘proq yangiliklar: