Britaniyada mart oyidan beri koronavirusdan eng yuqori o‘lim darajasi qayd qilindi

Jahon 22:13 / 20.07.2021 4993

Britaniyada oxirgi sutkada koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha mart oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilindi. Mamlakatda oxirgi 24 soat ichida virusdan 96 kishi vafot etgan.

Bu esa 2021 yil 24 mart kunidan beri eng yuqori o‘lim darajasi hisoblanadi. O‘shanda koronavirusdan 98 kishi vafot etgan.

Shuningdek, Britaniyada bir kun ichida 46,5 mingta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 39,9 mingni tashkil qilgan.

Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi haftada mamlakatda koronavirusdan kasallanish darajasi 40 foizga oshgan. Ayni vaqtda Britaniyada aholining 69 foizga yaqini to‘liq emlab bo‘lingan.

Avvalroq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgani sababli o‘zini yakkalashga qaror qilgandi. U vaqtincha masofadan ishlab turadi.

Ko‘proq yangiliklar: