Huawei kompaniyasi Volkswagen ta'minotchisi bilan hamkorlik qiladi

Jamiyat 16:00 / 19.07.2021 5944

Huawei kompaniyasi Volkswagen Group (keyingi o‘rinlarda – Volkswagen) konserni ta'minotchi hamkori bilan litsenziyaviy shartnomasini imzoladi. Hujjat simsiz aloqa modullari bilan jihozlangan Volkswagen avtomobillarida Huawei kompaniyasining 4G standartiga oid patentlardan (SEP) foydalanish maqsadini ko‘zlaydi. Ushbu litsenziya shartnomasi – Huawei kompaniyasi uchun avtomobilsozlik sohasidagi bunday turdagi eng yirik bitimdir.

Huawei kompaniyasining yuridik masalalar bo‘yicha direktori Son Lyupin shunday deydi: “Innovatsion kompaniya sifatida, Huawei simsiz texnologiyalar sohasida eng yirik patentlar jamlanmasiga ega. Bu avtomobil sanoati uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz ushbu sohadagi yirik kompaniyalar buning ahamiyatini tan olayotganidan mamnunmiz. Biz ishonamizki, ushbu litsenziya butun dunyodagi iste'molchilarga bizning zamonaviy texnologiyalarimizdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali ularga katta foyda keltiradi”.

Huawei amaldagi litsenziya shartnomasi doirasida kompaniyaning patent bo‘yicha texnologiyalarining 30 milliondan ortiq avtomobillarga tatbiq etilishini rejalashtirmoqda.

So‘nggi 20 yil ichida Huawei Yevropa, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi dunyoning eng yirik kompaniyalari bilan patentli litsenziyalash bo‘yicha 100 dan ortiq shartnomalar tuzdi. Huawei kompaniyasi kelgusida tarmoqqa to‘liq ulangan aqlli dunyoni yaratish uchun raqamli texnologiyalarini transport vositalarida tobora ko‘proq joriy etishda davom etadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: