Surxondaryoda ikki nafar ayol yana bir ayolni «samosud» qilib, sochini kesib tashladi

Jamiyat 21:08 / 17.07.2021 6211

Surxondaryo viloyat IIB «samosud» deb atalayotgan ushbu hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 17 iyun kuni soat 08:00 larda Sho‘rchi tumani Navro‘z mahallasi hududida gumonlanuvchi E.B. o‘z farzandi, voyaga yetmagan M.O va qarindoshi D.A. bilan o‘zi avvaldan nizolashib kelgan A.S.ni uchratib qolib, janjallashib qolgan.

Janjal asnosida E.B. sherigi D.A. bilan birga A.S.ni urib, do‘pposlagan. So‘ng o‘zi bilan birga olib kelgan qaychi bilan A.S.ning sochlarini qirqib, unga tan jarohati ham yetkazgan.

Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida A.S. yengil darajadagi tan jarohatlari olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan E.B. va D.A.ga nisbatan 2021 yil 3 iyul kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi va 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: