Bolalarni davolab savob olmoqchi bo‘lgan bola
Saidazizxon bilan gaplashib bolalikning beg‘uborligini ham, keksalikning donoligini ham ko‘rish mumkin. Bir muddat avval oqqonga chalinib, oyoq-qo‘llari shishib, yura olmay qolgan bola shifokorlarning sa'y-harakatlari bilan oyoqqa turdi.
“Bolaga bitta tikan kirsa, onaga o‘n baravar og‘riq bo‘larkan. Har kuni hadikda yashaysiz. Bu kasallik shunga majbur qilarkan. O‘g‘lim shifokor bo‘lmoqchi, bolalarni davolamoqchi” deb ko‘ziga yosh oladi onasi. Bu dard Saidazizning orzularini ham o‘zgartirdi. U kelajakda savob umidida bolalarni davolamoqchi.
Saidazizxon Eshonxonovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 8362 8127 onasi Shahnoza Yo‘ldosheva nomida
Viza: 4187 8000 0025 3997 onasi Shahnoza Yo‘ldosheva nomida
Telefon: +998909908674 (onasi)
Shu dard menga kelsin edi...
Namangandan davo istab kelgan Oydina umrining kelinlik davriday shirin pallasida sinovga uchradi. Jajji chaqalog‘ini mehr bilan parvarish qilishni istasa-da, uning umri kasalxonalarda o‘tmoqda. Otalik mehri sabab qizi bilan teng azob chekayotgan Qudrat akaning ko‘zlarida cheksiz mungni ko‘rish mumkin.
“Ilik ko‘chirish muolajasi yordam berishini aytishdi. Hovlimizni sotuvga qo‘yganman. Lekin qimmat operatsiya bo‘lgani uchun uyni puliyam yetmas ekan. Shu qizim tuzalib ketsa bo‘ldi. Hamma narsaga roziman. Shu dard menga kelsin edi deyman, qizim qiynalib ketdi” deya yig‘laydi ota.
Yo‘ldosheva Oydinaga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0604 6828 7777 Yo‘ldosheva Oydina nomida
Sberbank: 5469 5500 4781 3784 Yo‘ldosheva Oydina nomida
Telefon: +998906939790 (otasi)
Ikkinchi farzandimni ham yo‘qotishni xohlamayman
“Talog‘ida kattalashish paydo bo‘ldi, uni oldirdik. Undan so‘ng jigarida, buyragida, o‘t qopida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Zudlik bilan ilik ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazilishi kerakligini aytishdi shifokorlar. Bundan oldingi o‘g‘lim ham shu kasallikdan vafot etgandi. Ikkinchi farzandimni ham yo‘qotishni xohlamayman” - onaning so‘zlaridan yurak eziladi.
Shahriyorning otasi ayni vaqtda dori-darmonlar uchun pul topish ilinjida xorijda ishlaydi. Bolakayning sog‘ayib ketishi uchun uylarini ham sotuvga qo‘yishgan.
Yazdonov Shahriyorga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0423 0233 8487 onasi Oybahor Davronova nomida
Sberbank: 4276 5500 8140 7747 otasi Kamol Erdonov nomida
Telefon: +998933547511 (onasi)
Qizim o‘lib qolmasin...
Nozima ismli bu jajji qizaloq o‘zining qanday dard bilan kurashayotganini bilmaydi. Onasi Sevara ham oqqon haqida biror marta eshitmagan. Lekin ular bugun har bir lahzada bu dahshatni his qilib yashashadi.
“Qizim o‘lib qolishidan qo‘rqaman. Hamma narsamizni sotib davolatdik, yetmaganini qarz oldik. Qarzga botib qoldik hozir” deydi Sevara.
Nozima Abdusamatovaga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0417 9568 9125 onasi Sevara Bo‘tayorova nomida
O‘zkard: 8600 0304 3834 4446 onasi Sevara Bo‘tayorova nomida
Telefon: +998975359460 (onasi)
Qilingan savob va ezgu amallarning ajri yuz barobar ortig‘i bilan beriladigan kunlar arafasida turibmiz. O‘zi ota-ona bo‘lgan har bir inson ularning iztiroblarini his qilishadi. Hech bir bemor bola yaxshilar nazaridan chetda qolmaydi deb umid qilamiz.
Gulmira Toshniyozova tayyorladi
Tasvirchi Sherzod Egamberdiyev