Jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida O‘zbekiston 16-o‘rinni egalladi

Jamiyat 18:37 / 14.07.2021 4010

O‘zbekiston jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida 16-o‘rinni egalladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston MasterCard va CrescentRating tashkilotlari tomonidan har yili e'lon qilinadigan «Jahon musulmon sayohati indeksi» (Global Muslim Travel Index 2021) xalqaro reytingida olti pog‘ona yuqorilab, 16-o‘rinni egallagan. Bu natija bilan O‘zbekiston aholisining aksariyat qismini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlar orasida eng jadal ko‘tarilgan mamlakat sifatida alohida e'tirof etilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning bu yilgi hisobotda jadal ko‘tarilishiga mamlakatda Islom dini bilan bog‘liq boy meroslarni o‘rganish va xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan qator loyihalar asosiy sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston ushbu reytingda 2018 yilda 32-o‘rin, 2019 yilda 22-o‘rinni egallagandi.

Ma'lumot uchun, 12-14 iyul kunlari Singapurning CrescentRating tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Halal In Travel Global Summit 2021 onlayn tadbiri o‘tkazilgan. Uning ilk kunida Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va Sport vaziri Aziz Abduhakimov ochilish nutqi bilan qatnashgan.

Ko‘proq yangiliklar: