Rossiya AQShni Afg‘onistondan olib chiqayotgan qo‘shinlarini qo‘shni mamlakatlarga joylashtirishdan ogohlantirdi
«Ularni bunday qadam qo‘yishdan ogohlantiramiz va bu mavzuda Markaziy Osiyodagi ittifoqchilarimiz, qo‘shni va do‘stlarimiz bilan ham ochiqchasiga gaplashamiz», – deb ta'kidladi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Rossiya AQShni Afg‘onistondan olib chiqayotgan qo‘shinlarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirishdan ogohlantirdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov.
«Jyenevadagi sammitda bu mavzu tilga olingan. Uning turli jihatlari orasida Amerika muntazam qo‘shinlarining Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarga joylashtirilishi nomaqbul ekanini ajratib ko‘rsatmoqchiman. Amerikaliklarga bu haqda ro‘yirost va ochiqchasiga aytganmiz. Amerikaliklarni bu borada ogohlantirganmiz», – dedi u «Mejdunarodnaya jizn» jurnaliga bergan intervyusida.
«Ularni bunday qadam qo‘yishdan ogohlantiramiz va bu mavzuda Markaziy Osiyodagi ittifoqchilarimiz, qo‘shni va do‘stlarimiz bilan ham ochiqchasiga gaplashamiz», – deb ta'kidladi Ryabkov.
Avvalroq Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqishni 31 avgustgacha yakunlashni rejalashtirganini aytgandi.
Mavzuga oid

22:32 / 19.03.2025
Tramp AQShning Yevropadagi NATO kuchlari qo‘mondonligidan voz kechishi mumkin

21:24 / 19.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish boshlandi

21:16 / 19.03.2025
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi

16:57 / 19.03.2025