Nukusda yangi masjid qurilmoqda

Nukus shahrining «Samanbay» MFY hududida yangi masjid qurilmoqda. Masjidga tamal toshi kecha, 8 iyul kuni qo‘yilgan. Bu haqda Nukusdagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy bilim yurti xabar berdi.
«Samanbay»lik uchun mo‘ljallangan masjidning tamal toshini Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Shamsuddin domla Bahauddinov va nuroniylar qo‘yishgan.
Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinishicha, masjid taxminan 120 odamga mo‘ljallangan. Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Masjid homiylar ko‘magida qurilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Taxtako‘pir tumanidagi «Dao‘qara» OFY hududida «Abdulkariym axun» masjidining qurilish ishlari yakuniga yetkazilgandi.
Ma'lumot uchun, hozirda Qoraqalpog‘istondagi masjidlar soni 51 tadan oshgan. Nukusda esa bu ko‘rsatgich 3 tani tashkil qilmoqda. Qoraqalpog‘iston hududida eng ko‘p masjidlar Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal'a va Amudaryo tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08:00 / 18.02.2025
Nukus ko‘chasida Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi

22:18 / 05.02.2025
Nukusda bog‘cha tarbiyachisi va yordamchisi bolalarni tepib, ularni shippak bilan kaltakladi

11:44 / 04.01.2025