Turkiya koronavirus sababli oltita davlat bilan aviaaloqani to‘xtatadi

Jahon 03:03 / 29.06.2021 8878

Turkiya koronavirusning yangi shtammlari tarqalayotgani sababli bir qator davlatlar bilan aviaaloqani to‘xtatadi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.

«Bangladesh, Braziliya, Nepal, Hindiston, Shri-Lanka va JAR bilan aviaaloqa 1 iyuldan boshlab keyingi ko‘rsatmagacha to‘xtatiladi. Bu davlatlardan Turkiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar taqiqlanadi», deb aytilgan bayonotda.

Ta'kidlanishicha, ushbu davlatlarda oxirgi 14 kun ichida bo‘lgan fuqarolar Turkiyaga kelishdan oldin 72 soat ichida topshirilgan manfiy PsR-test taqdim qilishlari lozim. Shundan keyin ular yana 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: