Toshkentning eng sergavjum va serqatnov hududlaridan birida O‘zbekistonda ilk ko‘ngilochar savdo markazi bilan uyg‘unlashib ketgan Avtomoll barpo qilinmoqda.
17 iyun kuni poytaxtdagi yirik savdo-ko‘ngilochar markazlardan biri bo‘lishi kutilayotgan Scopus Mall taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta'kidlanganidek, A va B bloklarga taqsimlangan 5 qavatli zamonaviy savdo-ko‘ngilochar markazida haydovchi yoki xaridor, yoxud shunchaki dam olishga kelgan mijozning eng nozik istaklarini ham ro‘yobga chiqarish nazarda tutilgan.
Chunki bu yerga tashrif buyurgan har bir kishiga u qidirayotgan xizmat yoki mahsulot taqdim etiladi.
Savdo ko‘ngilochar markazini o‘zida mujassam etgan A blokda:
- zamonaviy kiyim-kechak va poyabzal;
- elektronika va maishiy texnika;
- uy jihozlari;
- kosmetika do‘konlari;
- kundalik xaridlar uchun supermarket joylashadi.
Bundan tashqari, yaqinlaringiz bilan maroqli hordiq chiqarish uchun ko‘ngilochar markaz, binoning 5 qavati tomida terrasali bahavo maskan, mazali va antiqa taomlardan tamaddi qilishni istaganlar uchun fudkort, eng ko‘ngli nozik mijozlarning ham talabini qondira oladigan barbershop, bank xizmati shoxobchalari, idora va ofislar uchun xonalar, dorixona ham bu yerga kelganlarning xizmatiga shay turadi.
Birgina fudkort uchun umumiy maydoni 52 000 m2 ni tashkil etuvchi Scopus Mall’ning 4 000 m2 maydoni ajratiladi. O‘z biznesi uchun qulay hududda joylashgan ofis xonalari qidirayotganlar uchun 6 000 m2 zamonaviy qulayliklarga ega bo‘ladi.
Markazning Chilonzor metrosidan uncha uzoq bo‘lmagan, Shuhrat chorrahasi yaqinida, Kichik xalqa yo‘lida joylashgani ham poytaxtliklar va shahar mehmonlari uchun o‘ziga xos qulayliklardan biridir.
Avtomobiliga oro bermoqchi bo‘lgan, ehtiyot qismlarni qidirayotgan, diagnostikadan o‘tkazishni istagan, ammo mohir va qo‘ligul ustalarni qidirgan poytaxtlik va mehmon haydovchilar ham bemalol Scopus Mall’ga tashrif buyura oladi.
Avvalo, aqlli tizim 720 avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargohga kirgan haydovchilarni bo‘sh joy qidirishdek mashaqqatdan xolos etadi. Avtomobildan xoli maydoncha ustida yashil chiroq, band maydonchada qizil chiroq yonib turadi.
- Avtomobil ehtiyot va butlovchi qismlari do‘konlari
- Servis xizmat ko‘rsatish shoxobchalari
- Avtomobil diagnostika markazlari barchasi bir joyda mujassam bo‘lishi haydovchilar og‘irini yengil qilishga qaratilgan.
Ha aytgancha, Scopus Mall‘ga elektromobil egalari ham bemalol tashrif buyurishlari mumkin. Chunki, loyihani amalga oshirayotgan tadbirkorlar so‘nggi vaqtlarda urf bo‘layotgan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini barpo etishni ham unutganlari yo‘q.
Yoki sog‘lom turmush tarzini tarafdori sifatida bu yerga velosipedda keldingizmi, hech o‘ylanmang. Scopus Mall’da buning ham chorasi bor, axir alohida barpo etiluvchi veloturargoh xaridorlar uchun yana bir qulaylik hisoblanadi.
Xullas, zamon bilan hamnafas qurilayotgan Scopus Mall’dan do‘kon xarid qilishga shoshiling. Ularning aksari o‘z egalarini topib bo‘ldi!
Reklama huquqi asosida