Otabek Sattoriyning apellyatsiya sudi sanasi ma'lum bo‘ldi. Sud Termizda o‘tkaziladi

Jamiyat 14:36 / 21.06.2021 23628

Otabek Sattoriyning apellyatsiya sudi sanasi ma'lum qilindi. Ochiq sud jarayoni Surxondaryo viloyat sudi binosida o‘tkaziladi.  Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 iyun kuni soat 11:00 da Surxondaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchi Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Qayd etilishicha, mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining apellyatsiya sudlov hay'ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ma'lumot uchun, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga ko‘ra, Otabek Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi «a», «g» bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

P.S. Avvalroq Otabek Sattoriyning apellyatsiya shikoyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida ko‘rib chiqilishi aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: