“Onlayn ariza” funksiyasi yordamida UZTELECOM xizmatlariga ulaning. MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali arizalaringiz holatini nazorat qiling va o‘z bahoingizni qo‘ying! Endi bu imkoniyatlar yanada tez va oddiy amalga oshiriladi.
Mobil aloqa abonentlariga “Onlayn ariza” formasida quyidagi qulayliklar va o‘zgartirishlar kiritildi:
- arizada pasport ma'lumotlarini to‘ldirish maydoni chiqarib tashlandi;
- manzil ma'lumotnomasi abonentning yashash manzilini avtomatik to‘ldirishda qo‘llaniladi.
Uy interneti abonentlariga “Onlayn ariza” formasida quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
- abonent Geo koordinatlar yordamida FTTx texnologiyasi oilasiga ulanish imkoniyatini tekshira oladi va keng polosali ulanish xizmatiga ulanish uchun ariza rasmiylashtira oladi;
- abonent o‘zi mustaqil ravishda keng polosali ulanish xizmatiga ulanish hollarida kabelning taxminiy xarajatini hisoblay oladi;
- xDSL texnologiyasi bo‘yicha ulanish imkoniyatini tekshirish shahar telefon raqamini kiritish yordamida amalga oshiriladi;
- manzil maydonlari avtomat ravishda to‘ldiriladi, abonent faqat xaritada nuqtani ko‘rsatishi lozim;
- foydalanuvchi uchun qulaylik yaratish maqsadida interfeys qayta ishlandi.
Va bu hamma yangiliklar emas! MyUZTELECOM mobil ilovasi yanada qulay ko‘rinishga keldi!
Endilikda, UZTELECOM abonentlari MyUZTELECOM mobil ilovasi yordamida murojaat holatini tekshirishlari va ularning bajarilish sifatini baholashlari mumkin.
Ilovada ko‘rish uchun quyidagi ma'lumotlar mavjud:
- Murojaat raqami;
- Ro‘yxatga olingan sana;
- Murojaat uchun sababi;
- Murojaat holati;
- Muammo bartaraf etilishi kutilayotgan sana;
- Murojaat yopilishining haqiqiy sanasi;
- Ijro natijasi.
Shundan so‘ng, murojaatni bajarish yakunlari bo‘yicha abonent bajarish sifatini baholay oladi:
– Bajarish sifatini besh balli shkala bo‘yicha baholash;
– Agar baho 4 balldan kam bo‘lsa, abonentni qoniqtirmagan punktlarni tanlashi, shuningdek, arizaga o‘z sharhini yozishi yoki ko‘rsatilgan savolga quyidagi variantlarni tanlashi mumkin:
Xizmat ko‘rsatishda sizni nima qoniqtirmadi?
– Mutaxassis malakasi;
– Murojaat hal etilmagan;
– Murojaatni bartaraf etish muddatlari;
– Men bilan aloqaga chiqmadilar;
Murojaatingizning holatini tekshirish uchun MyUZTELECOM mobil ilovasiga kirib, ekranning pastki qismidagi “Ko‘proq” tugmachasini bosishingiz lozim. Ushbu bo‘limda “Mening arizalarim” nomli tugmachani bosganingizda, siz qoldirgan barcha murojaatlar raqamlari bilan e'tiboringizga havola etiladi. Shuningdek, “Murojaat” tugmasini bossangiz, murojaatingiz haqida to‘liq ma'lumot bilan birgalikda uning bajarish sifatini baholashingiz ham mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, “Ko‘proq” tugmachasini bosganingizda, menyuda “Yordam” tugmachasi ham mavjud bo‘lib, ushbu bo‘limda Qo‘llab – quvvatlash markazi telefon raqamlari, ilovadagi xatoliklar, murojaat jo‘natish va Onlayn operator bilan muloqot qilishingiz mumkin.
MyUZTELECOM endi yanada qulay! Siz arizaning maqomini tekshirib, bajarish sifatini baholash orqali Kompaniyaning xizmatlari sifatini yaxshilashiga ulkan hissa qo‘shasiz.
Bonuslar haqida ham unutmaymiz...
Eslatib o‘tamiz, siz MyUZTELECOM mobil ilovasini yuklab olganligingiz, hisobingizni to‘ldirganligingiz va ilova orqali internet paketlarini sotib olganligingiz uchun aksiya doirasida sizga qo‘shimcha bonuslar taqdim etiladi!
UZTELECOM – milliy operator!
MyUZTELECOM'ni bu yerdan yuklab oling:
UZTELECOM sayti: uztelecom.uz
Facebook: fb.com/uztelecom
Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz
Instagram: @uztelecomuz
Telegram: t.me/uztelecomuz
Reklama huquqi asosida