“Bir bolam tuzalganda, ikkinchisi dardga chalindi” - sirti butun, ichi tutun insonlar

Jamiyat 12:17 / 21.06.2021 10446

“Qo‘lidan hech narsa kelmasa erkak kishi uchun og‘ir bo‘lar ekan”

2 farzandning otasi Umrbek “Tez tibbiy yordam”da bemorlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun shifokorlarni eltar edi. Afsuski, bugun uning o‘zi shunday bemorlar safida yaxshilardan madad kutmoqda. Bir necha yildan beri oqqon bilan kurashib kelayotgan yigitning sog‘ayishi uchun shifokorlar imkon boricha o‘z mahoratlarini ishga solishdi. Hozir unga ilik ko‘chirish operatsiyasi yordam berishi mumkinligini aytishgan. Kasallik sabab ayni paytda ishsiz bo‘lgan oilada esa bunga sharoit yo‘q.

Umrbek Matkarimovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0904 2884 4490 bemor Umrbek Matkarimov nomida

Sberbank: 4216 6600 3020 5744 qarindoshi Jasurbek Otajonov nomida

Telefon: +998339136045 (bemor)

Yetimlar boshini silayotgan oilani qiynayotgan dard

Sanobar va Munojat bir-biriga ovsin bo‘lishgan. Taqdir taqozosi bilan Munojatning yetim qolgan farzandlarini ham o‘z farzandlariga qo‘shib tarbiyalayotgan oila boshiga ikkinchi katta tashvish tushdi. Sanobarda oqqon kasali aniqlandi. Opasi Munojat gematologiya shifoxonasida farroshlik qilgani sabab bu kasalning odamzotga yetkazadigan zararini yaxshi anglaydi: “Singlim bilan bitta uyda yashaymiz, meniyam bolalarimni shuni turmush o‘rtog‘i boqib turgandi. Singlimni davolatish uchun mol-hol – hammasini sotdik, hech narsa qolmadi, qarzgayam botdi. Har safar kimyoterapiyalarni olganida qo‘rqib ketaman” deya qayg‘uradi jigari uchun.

Sanobar Sultonboyevaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 5590 9349 turmush o‘rtog‘i Asror Sultonboyev nomida

Sberbank: 4817 7602 1266 2567 qarindoshi Baxtiyor Mirzaxolov nomida

Telefon: +998993279091 (turmush o‘rtog‘i)

Sirti butun, ichi tutun bo‘lgan onalar...

Quvondiq hozir 29 yoshda. U 24 yildan buyon mash'um kasallikning changalida azob chekadi. Gemofiliya oqibatida yemirilgan oyoq suyagini operatsiya qildirish uchun bundan 8 yil avval uylarini ham sotishgan. “Hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz... Dadam rahmatli mening dardim bilan o‘tib ketdi. Hozirda onam ikkimizning 800 ming atrofidagi nafaqamizga kun kechiryapmiz. Ishlashni xohlayman, lekin sog‘ligim yo‘l qo‘ymaydi: bir chelak suv ko‘tarolmayman. 10 yildan beri ijaradamiz, uyda yolg‘iz erkak kishi bo‘lsam-da qo‘limdan ish kelmasligi alam qiladi” o‘ksinadi yigit. Onasi Chinnigul opa yolg‘iz farzandining dardiga bir umr sherik bo‘lgan. O‘zining ta'biri bilan aytganda: “Sirti butun bo‘lsa-da, ichi tutun”.

Quvondiq Juzboyevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0610 1173 8993 Quvondiq Juzboyev nomida                                                                                                                                                                           
Humo: 9860 0301 4509 0962 qarindoshi Seitbek Odilbekov nomida

Telefon: +998939859892 (bemor)

“Bir o‘g‘lim endi tuzalganida ikkinchisi dardga chalindi”

Azizbek ulg‘ayganida shifokor bo‘lishni niyat qilgan – o‘ziga o‘xshagan bemor bolalarni davolamoqchi. Bir emas, ikki o‘g‘li xastalikka chalingan Fotima bolalarining dardini aritish uchun harakat qiladi: “Alloh dard bersin-u farzand bilan sinamasin ekan. Katta o‘g‘lim 1-sinfda o‘qiyotganida insult bo‘lib qo‘l-oyog‘i ishlamay, tildan ham qoldi. 5 yil uni parvarishlab, endi oyoqqa turg‘azganimda soppa-sog‘ yurgan bu o‘g‘lim oqqonga duchor bo‘ldi” deydi u.

Azizbek Davronovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 9860 0301 0149 2723 onasi Fotima Karimova nomida

Sberbank: 5469 3800 3958 0021 qarindoshi Sunnat Norqulov nomida

Telefon: +998942570979 (onasi)

“Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yorug‘” deyishadi. Bugungi bemorlarimiz o‘sha qorong‘u kunlarni boshdan kechirishmoqda. Ular hozir nafaqat moddiy yordamga, balki shirinso‘zga, daldaga, duoga ham muhtojdirlar. Bunday paytda kimning nimaga imkoni bo‘lsa va o‘sha bilan ko‘mak bersa, ortig‘i bilan olgusidir.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi
Tasvirchi Sherzod Egamberdiyev

Ko‘proq yangiliklar: