«Bu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadi» - Saida Mirziyoyeva mozaika pannolarni saqlab qolishga chaqirdi

Jamiyat 20:39 / 20.06.2021 13118

«Premier Hall» kinoteatri binosini restavratsiya qilish vaqtida rassom Alfred Mazitovning «Kokilli qiz» nomli ajoyib pannosiga duch kelindi. 

Shahrimizning yorqin, o‘ziga xos jihatlaridan biri, iste'dodli va taniqli rassomlar tomonidan turli davrlarda yaratilgan mozaika pannolardir. Toshkentning monumental san'at yodgorliklari shahrimizni modernizm poytaxti deb atashga asos bo‘la oladi. Aynan ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadigan ajoyib bir ramzdir. 

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Grace arxitektura byurosi monumental san'atni saqlab qolish va modernistik arxitekturani zamonaviy megapolis bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Biz mozaika pannolar tushirilgan noyob binolar egalarini ushbu san'at asarlarini saqlab qolish va ta'mirlashga chaqirib qolamiz. 

Tarixiy merosni asrab-avaylash kelajak avlod oldidagi burchimizdir. Toki g‘animat umrni beparvo o‘tkazganlikda aybdor bo‘lib qolmaylik. Keling, bu bebaho merosni ular uchun asrab qolaylik!» deyiladi Saida Mirziyoyevaning telegramdagi kanalida.

Ko‘proq yangiliklar: