“Ishga marhamat” monomarkazida ayollar va erkaklar sartaroshligi, kosmetolog, tikuvchi, oshpaz, qandolatchi, enaga, santexnik, payvandlovchi, suvoqchi va bo‘yoqchi kabi 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 2 smenali o‘qish tashkil etilib, yiliga 4480 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilishi kutilmoqda.
Markazning ochilish marosimida mehnat vaziri Nozim Husanov ishtirok etib, jurnalistlar bilan brifing o‘tkazdi.
Ma'lumki, ayni paytda Andijon viloyatida ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa ayollar tashqi migratsiyasi masalasi juda muammolardan biri. Shu oy boshida Andijon viloyat hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyat hududidan chet elda ishlab yurgan ayollar soni 54 ming nafardan ziyod ekani aytilgan edi.