Surxondaryoda yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan «Damas»ning bir yo‘lovchisi vafot etdi

Jamiyat 09:14 / 18.06.2021 2783

Surxondaryo viloyati Angor tumanida «Damas» haydovchisi uxlab qolib, mashina yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda «Damas»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining yaqini vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 15 iyun kuni davlat ahamiyatidagi 4R-102 avtomobil yo‘lining Angor tumani hududidan o‘tgan 16-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

«Damas» mashinasi haydovchisi oila a'zolari va yaqinlari bilan ketayotganda charchoq tufayli uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda «Damas»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining yaqini vafot etgan. Yana ikki qarindoshi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, haydovchi o‘z haydovchilik guvohnomasini 1 yil avval olgan va hali yetarli tajribasi bo‘lmagan. Hozirda mazkur YTH yuzasidan Angor tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: