Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Gentra bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Xorazmdan Toshkentga yo‘lga chiqqan Gentra boshqaruvidagi 21 yoshli yigit halok bo‘lgan. Yo‘lovchilar turli og‘irlikdagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.