2021 yilning yozida Manzara turar joy majmuasining dastlabki aholisi o‘zlarining yangi tayyor ta'mirlangan xonadonlariga ko‘chib kirishadi. Zamonaviy va ekologik toza Manzara turar joy majmuasi shaharning Yunusobod tumanida joylashgan. Loyihaning umumiy maydoni 3,8 gektarni tashkil etadi. Yunusobod Business City – bu zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binolari, bir qancha savdo binolari, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlari joylashgan hudud. Majmuani qurish uchun joy tanlanayotganda tabiat va shahar hayoti o‘rtasida uyg‘unlik yaratish maqsad qilingan.
Ko‘p qavatli turar joy binolarida maydoni 29 dan 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan xonadonlar taklif etiladi. Manzara turar joy majmuasidagi xonadonlarning afzalligi shundaki, ular sotuvga tayyor va yuqori sifatli ta'mirlanib chiqariladi. Shuningdek xonadonlar puxta o‘ylangan loyiha va ergonomik maydon bilan ajralib turadi. Yana bir qo‘shimcha – bu bo‘shliqni vizual ravishda kengaytiradigan eshiklar bo‘lib, uning balandligi 2,3 metrni tashkil etadi. Tayyor ta'mir bo‘yalgan devorlar, o‘rnatilgan kirish va ichki eshiklar, terilgan kafel va yuqori sifatli pol qoplamasini o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqich uylarining foydalanishga topshirilishiga bir necha oy qoldi. Yaqin orada birinchi aholi o‘zlarining yangi uylariga ko‘chib o‘tishadi. Kompaniya xonadonlarni muddatli to‘lov asosida ham taklif etadi. Zamonaviy texnologiyalarni farovon turmush tarzi bilan birlashtirilgan Manzara turar joy majmuasidan xonadon xarid qilish imkoniyatini boy bermang.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44
Instagram: @bizninguylar
Telegram: t.me/bizninguylar
Facebook: fb.com/bizninguylar
Sayt: bizninguylar.uz
Reklama huquqi asosida