Koronavirusning hindcha shtammi butun dunyoni egallamoqda - JSST

Jahon 21:17 / 18.06.2021 15145

Koronavirusning Hindistonda aniqlangan delta-varianti butun dunyoni egallamoqda. Bu haqda JSST katta ilmiy xodimi Sumya Svaminatan ma'lum qildi.

«Bu variant odamdan odamga oson yuqishi sababli butun dunyoni egallamoqda», dedi Svaminatan.

Koronavirusning delta-varianti hindcha shtamm bo‘lib, Buyuk Britaniya shtammidan (alfa-variant) so‘ng tarqala boshladi. Virusning ushbu turi 80dan ortiq mamlakatda aniqlandi va tarqalish jarayonida mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.

JSSTning ma'lumot berishicha, koronavirusning delta-varianti alfa-variantiga nisbatan 60 foizga faolroq.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda koronavirus yuqtirganlarning qariyb 90 foizida hindcha shtamm aniqlanganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: