Dream City Development kompaniyasi Tashkent City'dagi Boulevard turar joy majmuasining so‘nggi xonadonlari sotuvini ajoyib tarzda ochib berdi.
14 va 15 iyun kuni faxriy mehmonlar poytaxt ishbilarmonlik markazidagi muhtasham Boulevard turar joy majmuasini birinchilardan bo‘lib sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mehmonlar majmua hududidagi uchta ko‘chada Yevropa poytaxt shaharlari Milan, Parij va Barselona muhitini his qilishdi.
Tantanali oqshomni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi Davlat simfonik orkestri va xori ochib berdi. Estrada yulduzlari: O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Jyenisbek Piyazov va boshqalar ishtirokidagi musiqiy-teatrlashtirilgan tomoshasi sahnada va uyning ochiq balkonlarida tantanavor yorqin tarzda o‘tdi. Mehmonlar majmua markazidagi poytaxtimizda o‘xshashi yo‘q favvoraning qarshisida ulkan Yevropa mavzesi muhitiga sho‘ng‘ishdi.
15 iyun kuni majmua markazida O‘zbekiston va Italiya moda sohasi mutaxassislarining moda, go‘zallik va uslub festivali Fashion Show bo‘lib o‘tdi. Unda Tashkent City'dagi Mursak moda uyining mualliflik to‘plami, Shahzoda Muhammedova, Molto Caldo brendi va Italiyaning Prada, Emporio Armani, Dolce & Gabbana, Roberto Cavalli, Trussardi, Nicola Convertino va Renato Balevertino kabi brendlarning gala-namoyishi bo‘lib o‘tdi.
16 iyundan Dream City Development kompaniyasi Boulevard turar joy majmuasining so‘nggi xonadonlari sotuvini boshladi. Kompaniya loyiha haqida batafsil ma'lumotlar va maslahatlarni olish uchun barchani sotuv ofisiga taklif etadi. Shuningdek, umumiy ma'lumot markazining quyidagi raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +99871-202-22-22
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM
Mo‘ljal: «Xalqlar do‘stligi» maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l
Sayt: dreamcity.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida