Farg‘onada quduq tozalayotgan bir fuqaro vafot etdi, ikkinchisi qutqarildi

Jamiyat 20:42 / 17.06.2021 3111

Ma'lum qilinishicha, bugun, 17 iyun kuni Farg‘ona tumani «Do‘stlik» MFY Nilufar ko‘chasidagi uylarning birida 50 metr chuqurlikdagi quduqni tozalayotgan S.S.ning boshiga tuproq to‘la temir chelak tushib ketgan. Oqibatda, u voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, uy egasi S.S. quduq tozalash ishlari olib borayotgan vaqtda, temir chelakning arqoni uzilib ketgan. Boshidagi himoya kiyimi borligiga qaramasdan u og‘ir tan jarohati olib vafot etgan. Hodisani kuzatib turgan R.T. yordam berish maqsadida chuqurlikka tushgan va qaytib chiqa olmagan.

Ta'kidlanishicha, viloyat FVB xodimlari zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida qutqaruv asbob-anjomlari yordamida 50 metrlik quduqdan S.S. va R.T. olib chiqilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: