Toshkent davlat stomatologiya instituti Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikni boshladi

Jamiyat 19:00 / 16.06.2021 5717

Toshkent davlat stomatologiya instituti ta'lim va fan sohasida jahon talablariga mos ravishda yuqori malakali va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlash maqsadida bir qator muhim qadamlarni qo‘ydi.

Institutda xususan, ta'lim jarayonini xalqaro oliy ta'lim muassasalari bilan integratsiyalash imkonini beradigan kredit-modulli o‘qitish tizimi amalga oshirilmoqda.

Ma'ruzalar va seminarlar o‘tkazish uchun institutning ixtisoslashgan bo‘limlari o‘qituvchilari sifatida 25 dan ortiq xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.

Ushbu yo‘nalishda institutga Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan maqsad hamkorlikni yanada rivojlantirish, institutda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan amaliyotda tanishishdir.

Muloqot mobaynida Sog‘liqni saqlashda kadrlarni tayyorlash, innovatsion va ilg‘or tajriba almashinish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining birinchi prorektori, professor M.Esirkepov rahbarligidagi delegatsiya tomonidan stomatologiya va farmatsiya yo‘nalishidagi o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, ilmiy va klinik ishlar, magistratura va doktorantura faoliyatiga bog‘liq masalalar muhokama etildi.

O‘zaro hamkorlikni kelgusida ham davom ettirish, aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olindi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: