Samarqanddagi Registon maydonida Biznes marafonning navbatdagi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Jamiyat 22:06 / 16.06.2021 1518

Ma'lum qilinishicha, Registon maydonida o‘tkazilayotgan tadbirda yurtimizda o‘z loyihalari bilan muvaffaqiyatli ishlayotgan bir qator tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Jumladan:

Hasan Mamasaidov – «Dekos.uz», «MFaktor» asoschisi;

Husan Mamasaidov – «Mfaktor» asoschisi;

Temur Adhamov – «Najot ta’lim» o‘quv markazi asoschisi;

Umidjon Ishmuhammedov – «Edu-action» ta'lim markazi asoschisi;

Feruzbek Allayev –«Asaxiy.uz» internet do‘koni asoschisi;

Sherzod Beknazarov – «Yaskanamu», «Alvon» brendlari asoschisi;

Rahmad Sobirov – «Sobirovs Law Firm» (Kanada) yuridik firma asoschisi;

Jahongir Po‘latov – «Cambridge» o‘quv markazi, «Selfmade» loyihasi asoschisi;

Abror Baxtiyarovich – «Xalqaro kasb maktabi» va «ZAK production» asoschisi;

Shahzod Bahodirov – «Thompson school» o‘quv markazi asoschisi;

Muhammad Ali Eshonqulov – «Biznes Kvadrat» va «Yuksalish» loyihalari asoschisi Samarqandga kelgan.

Qayd etilishicha, mazkur Biznes marafon O‘zbekistonning barcha viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda. Samarqandgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ham muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur Biznes marafonda qatnashayotgan tadbirkorlar shu sohaga qiziqadigan yoshlarga o‘z tajribalari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida maslahatlarini berishadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tadbirkorlikka qiziqadigan yoshlarga dalda berish uchun tashkil etilgan bo‘lib, u joriy yil aprel oyidan boshlab muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: