Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida qarovsiz qoldirilgan mashinadan pul o‘g‘irlagan o‘smir ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 2 may kuni soat 11:30-12:00larda noma'lum shaxs G‘ijduvon tumani F.Yunusov mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan M.M. ga tegishli bo‘lgan, Buxoro shahar Afrosiyob ko‘chasi 3-uyning orqa tomonida qarovsiz qoldirilgan «Spark» mashinasidan 13 million 540 ming so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov o‘tkazilgan.
Olib borilgan tergov hamda surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumani Xonobod qishlog‘ida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan H.A. sodir etgani aniqlanib, undan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.