Bank-moliya akademiyasiga keys-chempionat ishtirokchisidan xat:
Salom! Mening ismim Shahzoda. Men mamlakatning eng kuchli universitetlaridan birida so‘nggi kursda o‘qiyman va magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirmoqchiman. Shuning uchun men keys-chempionatda qatnashishga va Bank-Moliya Akademiyasiga imtihonsiz kirishga qaror qildim..
Men g‘oliblar oilasidanman: dadam o‘z kompaniyasini boshidan qurgan tadbirkor. Onam yetakchi tijorat banklaridan birida buxgalter. Shuningdek mening akam ham bor.
Bolaligimdan akam va men g‘oliblik ruhida tarbiyalandik. "We are the champions" qo‘shig‘i bizning oilaviy madhiyamiz. Bu ajablanarli emas: onam milliy terma jamoada uzoq vaqt gimnastika bilan shug‘ullangan, xalqaro musobaqalarda qatnashgan va agar jarohati bo‘lmaganida, u albatta jahon chempioni bo‘lar edi ... Ammo hozir ham u o‘zining ishida chempion. Otamning kompaniyasi ham o‘z sohasida yetakchi hisoblanadi. Akam bir necha bor turli xil sport musobaqalarida va professional olimpiadalarda g‘olib chiqqan. Uning ajoyib g‘alabalaridan biri o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki ko‘magida Bank-moliya akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan keys-chempionatda birinchi o‘rin olganidir.
"Bu juda qiziqarli musobaqa", dedi u menga va tafsilotlarini aytib berdi. “Besh kishidan iborat jamoalar raqobatlashadilar. Buning uchun qatnashchilar Qabul.bfa.uz veb-saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tishadi. Agar sizning jamoangiz bo‘lmasa, unda Akademiya sizga chempionatda sheriklar topishda yordam beradi. Bu keng ko‘lamli tadbir, butun respublika ishtirok etmoqda. 2020 yilda uchta keys-chempionatda uch mingdan ziyod eng iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqa juda jiddiy va nufuzli, shuningdek yosh bo‘yicha saralash yo‘q. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va BMA magistraturasida o‘qishni davom ettirish imkoniyati bilan taqdirlandilar. Natijalar banklarning top-menejyerlari, o‘qituvchilar, jahon tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchilar va hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi. Shuning uchun bu yerda nafaqat yaxshi bilimlarni namoyish etibgina qolmay, balki muammolarga xos yechimlarni taklif qilish orqali g‘alaba qozonishingiz mumkin.
Ushbu chempionat Liderlar uchun chorlov. Bunday tanlovda g‘olib chiqib, sen shunchaki magistraturaga yo‘llanmani qo‘lga kiritibgina qolmasdan, balki mamlakatdagi eng yaxshi ish beruvchilarning e'tiborini jalb qilasan va muvaffaqiyatli martaba uchun katta qadam qo‘yasan", - deya so‘zlarini yakunladi akam. Uning karerasi shundan boshlandi.
Umid qilamanki, jamoam va men sinov har qancha qiyin bo‘lishidan qat'iy nazar, chempionat vazifalarini muvaffaqiyatli uddalaymiz. Men oilamizning eng sevgan "We are the champions" qo‘shig‘i bizning sharafimizga ijro etilishini istayman!
Siz chempionatda qatnashish uchun ushbu Qabul.bfa.uz havolasiga murojat qilishingiz mumkin.
Agar siz yetakchi bo‘lsangiz va o‘zingiz uchun yuksak kelajakni xohlasangiz, unda chempionatda ko‘rishguncha.
Qo‘shimcha ma'lumotlar:
Qabul.bfa.uz, (+998 71) 237-54-09
Vebsayt: Bfa.uz
Telegram: t.me/bfauz
Instagram: instagram.com/bfa_uz
Facebook: facebook.com/banking.and.finance.academy
VKontakte: vk.com/bfa_uz
YouTube: youtube.com/bfauzb
Reklama huquqi asosida